Shodlik Bog'lanish

Shodlik Textile — O'zbekistonning to'liq siklli tekstil klasteri.

Paxta qabulidan tayyor matogacha bo'lgan butun ishlab chiqarish zanjiri bitta guruh ichida.

01 / 05

Paxta klasteri — qabul punktlari

15 ta paxta qabul punktiga ega klasterimiz har yili 50 ming tonnadan ko'p paxtani fermerlardan qabul qilib oladi.

15 ta qabul punkti50 000+ tonna / yil
02 / 05

Paxta tozalash zavodlari

2 ta paxta tozalash zavodimiz orqali paxtani yuqori sifatli tola va chigitga ajratamiz.

03 / 05

Yog' ishlab chiqarish

Paxta tozalash zavodidan chigit olamiz. U o'zimizning 2 ta yog' ishlab chiqarish zavodimizga keladi va qayta ishlanib, sifatli o'simlik yog'i va kunjaraga (em) aylanadi.

2 ta zavodO'simlik yog'iKunjara (em)
04 / 05

Yigiruv fabrikasi

Open-End yigiruv fabrikamizda o'zbek paxtasidan olingan tola 100% paxta ip-kalavaga (praja) aylanadi. Ip-kalavani ulgurji narxlarda sotamiz.

Open-End yigiruv100% paxtaNe 16–32
05 / 05

To'quv fabrikasi

Ip-kalavamiz shu yerda matoga aylanadi: poplin, bo'z va satin kabi yuqori sifatli matolar ishlab chiqariladi.

PoplinBo'zSatin
Shodlik

Paxtadan matogacha.

Chigitdan — yog' va kunjara (em). Tola — ip-kalava va matogacha. Hammasi bir guruhda.

01 Kompaniya

Shodlik Textile — O'zbekistonda paxta xomashyosini yetishtirish va qayta ishlashdan boshlab, tayyor mahsulotgacha bo'lgan barcha bosqichlarni qamrab olgan zamonaviy korxonalar va klaster guruhidir.

Paxtani qabul qilamiz va tola hamda chigitga ajratamiz. Chigitdan yog' va kunjara (em) olamiz. Tolani ip-kalava va matoga aylantiramiz.

Kompaniya haqida

Shodlik Textile · raqamlarda

100 000t

paxta qayta ishlanadi — yiliga

8mln m

mato ishlab chiqariladi — yiliga

4 000t

ip-kalava ishlab chiqariladi — yiliga

50 000+t

paxta fermerlardan qabul qilinadi — yiliga

15

paxta qabul punkti

6

zavod va fabrika

04 Ishonch asoslari

Nimaga ishonish mumkin.

01

To'liq vertikal sikl

Paxta qabulidan mato to'quvigacha barcha bosqich bir guruh ichida — sifat va muddat o'zimizning nazoratimizda.

02

Xususiy xomashyo bazasi

15 ta qabul punktiga ega xususiy paxta klasteri — xomashyo ta'minoti o'zimizda.

03

Zamonaviy uskunalar

Trützschler, Saurer va RIFA uskunalari — zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari.

04

Laboratoriya nazorati

Paxta tolasi Uster (HVI), ip esa Tomsic asboblarida xalqaro me'yorlar bo'yicha tekshiriladi.

05

Kuzatiluvchanlik

Tola daladan ipgacha kuzatib boriladi, har partiya alohida hisobga olinadi.

06

Chiqitsiz yondashuv

Chigit yog'ga aylanadi; chiqindi va chang presslanib, qayta ishlashga yuboriladi.

05 Texnologiya

Zamonaviy ishlab chiqarish uskunalari.

Tarash
Trützschler TC-19iBir tekis tozalash va lenta hosil qilish.
Yigiruv
Saurer Autocoro 9Pnevmo yigiruv: barqaror sifat, kam uzilish.
To'quv
RIFA rapirli dastgohlarSatin va poplin, talab etilgan eni va zichligi bo'yicha.

Ishlab chiqarish haqida

Trützschler TC-19i tarash mashinalari Saurer Autocoro 9 pnevmo yigiruv mashinasi RIFA rapirli to'quv dastgohi

06 Bog'lanish

Biz bilan bog'laning.

Hamkorlik, zavodga tashrif yoki savollaringiz bo'lsa — yozing, javob beramiz.

Manzil

100001, Muborak, Qashqadaryo viloyati, O'zbekiston

Ma'lumotlaringiz faqat sizga javob berish uchun ishlatiladi.